1. Atama va tavsiflar
Sotuvchi â 3395 Nostrand Ave, Brooklyn NY, 11229 USA manzilda roâyhatdan oâtgan, tel raqami +1 (347) 696-1111, Xaridorlar buyurtmasiga binoan Tovarni Internet-doâkonlardan masofadan turib sotib oluvchi hamda Tovarni kelgusida Xaridorga yuboruvchiOnline Trade Solutions, Inc
. (AQSh).
Xaridor (Mijoz) â Oâzbekiston Respublikasida davlat roâyhatidan oâtgan yuridik shaxs yoki Oâzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va yuridik salohiyatli jismoniy shaxs, yohud joriy soliqqa tortish davrida tugaydigan oân ikki oylik muddat ichida bir yuz sakson va undan koâproq vaqt mobaynida Oâzbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan jismoniy shaxs.
Axborot vositachisi â Toshkent shahar, Iftixor koâchasi, 24-uy ( sobiq Polkovnik Xoâjayev koâchasi) da roâyhatdan oâtkazilgan, axborot vositachisi sanalgan, hamda Saytning vakili vazifasini bajarib, Sotuvchi va Xaridor oârtasida Elektron hujjatlar aylanmasini amalga oshiruvchi
"Online Trade Solutions" MChJ.
Ofertа âSotuvchining maâlum shaxslar doirasiga qarata tovarlarni masofadan turib (distantsion) xarid qilish toâgârisidagi chakana savdo shartnomasini (kelgusida - âShartnomaâ) tuzish haqidagi ommaviy taklifi. Bunda Shartnoma mazkur hujjatdagi va Sotuvchining saytidagi shartlar, hamda Internet-doâkon shartlari asosida tuziladi.
Aksept â Sotuvchi tomonidan mazkur Ofertaning (Shartnoma) shartlariga toâliq va soâzsiz rozi ekanligi va qabul qilishi.
Masofadan turib (distantsion) xarid qilish toâgârisidagi chakana savdo shartnomasi (kelgusida â âShartnomaâ) âXaridor Sotuvchi tomonidan taklif qilingan, Internet-doâkanlarda sotiladigan Tovar tavsifi bilan tanishib chiqqanidan soâng tuziladigan, hamda Xaridor tomonidan toâgridan- toâgâri ushbu Tovar bilan tanishib chiqish imkonini bermaydigan chakana savdo shartnomasi.
Shartnoma Tomonlari â Sotuvchi va/yoki Xaridor.
Buyurtma - Xaridor tomonidan tanlangan Tovar, uning narxi, yetkazib berish manzili, Xaridorning ismi-sharifi yoki nomi, uning kontakt aloqa raqamlari va mazkur hujjat bilan belgilangan shakldagi boshqa maâlumotlarni oâzida mujassamlantirgan elektron hujjat.
Tovar (tovarlar) â Internet doâkonlar tomonidan sotuvga qoâyiladigan va Xaridorning buyurtmasiga binoan Sotuvchi tomonidan masofadan turib (distantsion) sotib olinadigan va Xaridorga joânatiladigan tovarlar.
Internet-doâkon(lar) â Internet-doâkonlar Kataloglarida kelturilgan, hamda AQSh hududida sotuvga qoâyilgan Tovarlarni taklif qiluvchi doâkonlarning veb-saytlari.
Internet-doâkon Katalogi â Saytda Sotuvchi tomonidan keltirilgan Internet-doâkonlar roâyxati. Ushbu doâkonlarda Xaridor Tovarni tanlashi va unga buyurtma berishi mumkin.
Elektron hujjatlarni ayirboshlashâ Axborot vositachisi tomonidan joriy etilgan, Sotuvchi, Xaridor va Operator/provayder oârtasida Saytdan foydalanish jarayonida amalga oshirilgan elektron toâlovlar va/yoki pul oâtkazmalari toâgârisidagi hujjatlarni ayirboshlash tizimi.
Elektron hujjatlar âBuyurmalar, toâlovni amalga oshirish toâgârisidagi hisob, reklamatsiyalar, daâvo va talablar, hamda Tomonlar mazkur Shartnoma shartlarini bajarishi bilan bogâliq boâlgan boshqa turdagi hujjatlar.
Sayt â Axborot vositachisi tomonidan Sotuvchiga mazkur Shartnomani amalga oshirish maqsadida taqdim etilgan
http://ibazar.uz sayti.
2. Umumiy shartlar
2.1. Mazkur Shartnoma va Internet-doâkonlaridagi Tovar taklifi ommaviy oferta sanaladi.
2.2. Saytda Tovarlarga buyurtma berib, ularni sotib olar ekan, Sotuvchi ushbu Shartnomada koârsatilgan barcha shartlarga rozi boâlib, ularni qabul qiladi.
2.3. Tovarlarni sotish joyi â Amerika Qoâshma Shtatlari hududi.
2.4. Sotuvchi bir-tomonlama tartibda mazkur Shartnomaga oâzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
2.5. Sotuvchi Xaridor bilan oldindan kelishilmagan holda sotish jarayoniga istalgan uchinchi shaxslarni jalb qilish huquqiga ega.
2.6. Saytdagi barcha axborot materiallari maâlumot uchun berilgan boâlib, Tovarning hususiyatlari toâgârisida toâliq va ishonchli maâlumotlarni bera olmaydi. Buyurtma berilgan Tovar hususiyatlari borasida savollar paydo boâlgan hollarda, Xaridor qoâshimcha maâlumot olish uchun Sotuvchiga murojaat qilishi lozim.
2.7. Xaridor Internet-doâkonlar saytlarida sotib olingan Tovarni tadbirkorlik maqsadlarida ishlatmaslik majburiyatini oâz zimmasiga oladi.
2.8. Saytdagi yuklarni ortish va yetkazib berish sanalari, narxlar, omborda mavjud mollar va Tovar bilan bogâliq boâlgan boshqa maâlumotlar axborot uchun keltirilgan boâlib Tomonlarga hech qanday yuridik taâsir oâtkazmaydi. Tovarlarni yetkashib berish sanalari hamda ularning mavjudligi toâgârisidagi maâlumotlar taxminiy boâlib, Buyurtma berish vaqtida Tovarlarning Sotuvchi omborida mavjudligini koârsatadi.
2.9. Xaridor Tovarlarni Internet-doâkon saytlaridan sotib olishini, hamda Buyurtma berilgandan to Tovar uchun toâlovni amalga oshirishgacha boâlgan vaqtdan boshlab Tovar sotilib yuborilishi, assortiment va narxlarning oâzgarishini inobatga olgan holda, Tomonlar birlamchi Buyurtma oâzgarishi yoki bekor qilinishi mumkunligiga rozilik bildiradilar.
2.10. Tovarni Xaridorga yetkazib berish uchun Sotuvchi uchinchi shaxslar xizmatlaridan foydalanishi mumkinligi va Xaridor tovarlarni oâzi mustaqil holda olib chiqib ketishining imkoni yoâqligini inobatga olgan holda, Xaridor Buyurtma berish jarayonida Sotuvchi Tovarni yetkazib berish haqqini talab qilingan hajmda toâlab berishga nisbatan hech qanday eâtiroz bildirmaslik majburiyatini oâz zimmasiga oladi. Sotuvchi yetkazib berish haqqini hujjat asosida tasdiqlamaydi.
3. Tovarga buyurtma berish tartibi
3.1. Tovarni Internet-doâkon saytlaridan sotib olish istagini bildirgan Xaridor Saytda keltirilgan Buyurtma namunasini toâldirishi lozim. Saytdagi Buyurtma namunasini toâldirish Xaridor Saytda roâyxatdan oâtganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin.
3.1.1. Saytda roâyxatdan oâtish uchun âRoâyxatdan oâtishâ ustunidagi formani toâldirish lozim. Xaridorni roâyhatdan oâtkazish formasida koârsatilishi majburiy boâlgan maâlumotlar keltirilgan. Ushbu maâlumotlarni koârsatmagan shaxslar roâyxatdan oâtkazilmaydi.Saytda roâyxatdan oâtish va kelgusida Shaxsiy kabinetga kirish uchun Xaridor foydalanuvchi ismi(login) va parolni kiritadi. Xaridor ushbu foydalanuvchi ismi va parolini oshkor qilmaslik majburiyatini oâz zimmasiga oladi. Xaridor bir-tomonlama tartibda Shaxsiy kabinetdagi âMening maâlumotlarimâ ustunidagi maâlumotlarga oâzgartirishlar kiritish huquqiga ega. âMening maâlumotlarimâ ustunida keltirilgan va Xaridorga tegishli boâlgan maâlumotlar oâzgargan hollarda, Xaridor Shaxsiy kabinetdagi âMening maâlumotlarimâ ustuniga tegishli oâzgartirishlar kiritishi, yoki Sotuvchi, yohud Axborot vositachisini ushbu oâzgartirishlar toâgârisida xabardor qilishi shart.
3.1.2. Saytda roâyxatdan oâtgandan soâng, ushbu Saytda keltirilgan Buyurtma formasini toâldirish lozim. Buyurtma formasida koârsatilishi majburiy boâlgan maâlumotlar bor. Ushbu maâlumotlarni koârsatmagan shaxslar Buyurtma bera olmaydilar.
3.2. Buyurtma berish jarayoni Xaridor tomonidan âBuyurtma berishâ va âSaqlab qolishâ tugmalarini bosish yoâli bilan Buyurtmani tasdiqlashi bilan tugaydi (kelgusida âBuyurtmani tasdiqlashâ). Buyurtmani tasdiqlash Xaridor tomonidan Sotuvchining
masofadan turib (distantsion) xarid qilish toâgârisidagi chakana savdo shartnomasini tuzish toâgârisidagi taklifi (Oferta)ni qabul qilishi (Akseptlash) demakdir. Saytda Buyurtma berish vaqtidan boshlab bir soat ichida Sotuvchi Axborot vositachisi orqali Buyurtmani qabul qilganligini tasdiqlaydi va bunda Sotuvchi bilan telefon yoki elektron pochtasi orqali bogâlanadi. Buyurtmani tasdiqlash Xaridor oâzi tomonidan tanlangan Tovar haqqini toâlashga rozi ekanligini bildiradi.
3.3. Xaridor Buyurtmani rasmiylashtirish jarayonida berilgan maâlumotlarning mazmuni va toâgâriligi uchun javobgardir (Saytda Buyurtma namunasini toâldirish).
3.4. Agarda Buyurtma berish va toâlovni amalga oshirishgacha boâlgan muddat ichida Internet-doâkon saytidagi Tovar mavjudligi, assortiment, Tovar xususiyatlari va uning narxi bilan bogâliq maâlumotlar oâzgargan hollarda, Sotuvchi bu haqida Xaridorni toâgâridan-toâgâri yoki Axborot vositachisi orqali xabardor qiladi. Assortiment, Tovar xususiyatlari va narxi borasidagi oâzgartirilgan shartlarni qabul qilgandan soâng, Sotuvchi Buyurtmani oâzgartirishi yoki bekor qilishi mumkin.
3.5. Buyurtmani komplektlash uning tasdiqlangani va Sotuvchi Tovar uchun haq olganidan soâng Sotuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Buyurtmani komplektlash uchun maksimal muddat mazkur Shartnomaga koâra belgilanadi. Sotuvchiga bogâliq boâlmagan sabablar bor boâlganligida, Sotuvchi Buyurtmaning maksimal muddat ichida komplektasiya qilinishiga kafolat bermaydi. Sotuvchi Xaridor tomonidan Internet-doâkonda buyurtma berilgan Tovarning Buyurtmani komplektasiya qilish vaqtida mavjudligiga kafolat bermaydi.
4. Tovar uchun toâlovni amalga oshirish
4.1. Tovar narxi Internet-doâkon saytlarida koârsatiladi. Tovar narxi yetkazib berish qiymatini oâz ichiga olmaydi. Saytda koârsatilgan Tovar narxi Internet-doâkon maâmuriyati tomonidan bir-tomonlama tartibda oâzgartirilishi mumkin. Bunda Xaridor tomonidan buyurtirilgan va haqqi toâlab berilgan Tovar narxi oâzgartirilishi mumkin emas. Toâlovlar AQSh dollarida amalga oshiriladi.
4.2. Yetkazib (eltib) berish narxi Saytda koârsatiladi.
4.3. Tovar va yetkazib berish haqqini toâlash Xaridor tomonidan 100% li oldindan toâlash tartibida elektron toâlovlar yoki pul oâtkazmalari yoâli bilan operatorlar/provayderlar tizimi orqali, yohud Saytda koârsatilgan elektron toâlov va pul oâtkazmalari yoâli bilan amalga oshiriladi. Buyurtma berâlgan Tovar va yetkazib berish haqqini toâlash Sotuvchi tomonidan berilgan toâlovni amalga oshirish uchun hisob (invoys) asosida amalga oshiriladi.
5. Tovarni yetkazib berish. Egalik qilish huquqini oâtkazish
5.1. Tovar Xaridorga u tomonidan Buyurtma namunasda koârsatilgan manzilga quyidagi muddatlarda yetkazib beriladi:
AQSh bo'ylab - 5 dan 7 ish kunigacha.
Toshkent shahri boâylab - 2 kun ichida (Toshkentdagi omborga yetib kelgandan keyin)
Buyurtmani umumiy yetkazib berish muddati 10 - 20 kun
Yuqorida keltirilgan yetkazib berish muddatlari Sotuvchi tomonidan bir-tomonlama tartibda unga bogâliq boâlgan va bogâliq boâlmagan sabablarga koâra oâzgartirilishi mumkin.
5.2. Tovarlarni Xaridor tomonidan koârsatilgan joyga yetkazib berish uchun Sotuvchi kuryerlik kompaniyasi xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
5.3. Agarda Tovar oldindan belgilangan vaqtda va belgilangan joyga yetkazib berilgan boâlsa, ammo Xaridorning aybi bilan unga topshirilmagan boâlsa, kelgusida Tovar yetkazib berilmaydi va Buyurtma bekor qilinadi.
5.4. Tovarni Xaridorga yetkazib berishda unga ilova qilingan hujjat (yoâl-transport hujjati va boshqa shunga oâxshash hujjat), hamda Xaridor tomonidan Saytda toâldirilgan Buyurtma blankasi beriladi.
5.5. Tovarga egalik qilish huquqi Xaridorga uning tomonidan Tovarni Sotuvchidan/kuryerlik xizmati vakilidan qabul qilish vaqtida, Tovarni qabul qilib olganlik toâgârisidagi hujjatlarning imzolanishi vaqtidan oâtkaziladi.
5.6. Agarda Buyurtmani komplektasiya qilishga ajratilgan maksimal muddat (yetkazib berish muddatini hisobga olganda) oâtib ketgan boâlsa, lekin Sotuvchi Buyurtmani olib keta olmagan boâlsa, yetkazib berish muddati oâzgartirilishi mumkin. Bunda Sotuvchi Xaridorni Tovar eltib berish muddati uzaytirilganligi toâgârisida xabardor qiladi.
5.7. Xaridor Tovarni uning soni, nomi va sifatiga baho bergan holda qabul qilib oladi va bunda uning toâliqligini Tovar harid qilish hujjatlariga (Buyurtman blankasi) muvofiq tekshiradi. Tovar soni, sifati va/yoki assortimentiga nisbatan hech qanday eâtiroz boâlmagan hollarda, Xaridor majburiy ravishda Buyurtma blankasiga 2 (ikki) nusxada imzo chekishi lozim. Bunda nusxalardan biri Xaridorga taqdim etiladi.
5.8. Tovarni faqatgina Buyurtma nomiga yozilgan shaxs qabul qila oladi. Buyurtmani qabul qilish vaqtida Xaridor kuryerga pasportini yoki boshqa turdagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatni (haydovchilik guvohnomasi yoki harbiy bilet) koârsatgan holda oâz shaxsini tasdiqlashi kerak.
5.9. Quyidagi hollarda kuryer Xaridorga Buyurtmani bermaslikka haqlidir:
- Buyurtmani qabul qilib olayotgan shaxs shaxsni tasdiqlovchi hujjatni koârsatmaganida;
- Xaridor Buyurtma blankasiga va/yoki Tovarni eltib berish toâgârisidagi ilova qilingan hujjatga imzo chekishdan bosh tortganida;
- Tovarni Buyurtmada koârsatilmagan shaxs qabul qilganida;
- Buyurtmani voyaga yetmagan yoqi layoqatsiz shaxs qabul qilib olayotganda; hamda
- Qonunchilik, mazkur Shartnoma yoki tegishli hujjatlarda belgilangan boshqa hollarda, jumladan, kuryerlik xizmatini tartibga soluvchi hujjatlarda keltirilgan hollarda.
Yuqoridagi kabi hollarda kuryer Buyurtmani Xaridorga bermaganida, Buyurtma Sotivchiga qaytariladi va bekor qilinadi. Bunda Kuryer oldindan yetkazib berish muddatlari va joyini kelishib oladi.
5.10. Buyurtmani qabul qilish vaqtida Xaridor Buyurtmani toâliq yoki qisman rad etishi mumkin. Buyurtma toâliq yoki qisman bekor qilingan hollarda, Xaridor Buyurtma blankasi va ilova qilingan hujjatga imzo chekishga va uni kuryerga taqdim qilishga majburdir. Xaridor Buyurtmani toâliq yoki qisman rad etganida, Buyurtma kuryer tomonidan Sotuvchiga qaytariladi va Sotuvchi, oâz oârnida Buyurtmani toâliq yoki qisman bekor qiladi.
5.11. Tovarni eltib berish sharti bilan sotib olish Xaridorga Tovar yuzasidan kafolat muddati ichida xizmat koârsatish, uni oâzgartirib berish yoki qaytarish zarurati tugâilgan kezlarda Tovarni eltib berishni talab qilish huquqini bermaydi. Tovarni eltib berish sharti bilan harid qilishda Tovarni yetkazib berish haqqi qaytarib berilmaydi, hattoki Sotuvchi Xaridorga Tovar haqqini qaytarib berishi kerak boâlgan hollarda ham.
5.12. Xaridorga kuryer tomonidan Buyurtma berilgan va Buyurtma eltib berilganligi toâgârisidagi hujjatlarga (Buyurtma blankasi, ilova qilingan hujjat) tegishli imzolar chekilgan paytdan boshlab Tovarning behosdan buzilishi yoki unga shikast yetish havfi Xaridor zimmasiga yuklanadi.
6. Buyurtmani bekor qilish. Tovarni qaytarish va almashtirish
6.1. Agarda Tovar xususiyatlari, sifati va soniga koâra Buyurtmadagi Tovarga mos kelmasa, Xaridor Tovarni qabul qilish vaqtida uni rad etishi mumkin.
6.2. Xaridor Buyurtmani qabul qilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida sifati yomon boâlgan Tovarni qaytarib berish huquqiga ega.
6.3. Tovar faqatgina kuryerlik kompaniyasi orqali qaytarilishi mumkin.
6.4. Xaridor tomonidan qaytarilgan Tovar uchun toâlangan qiymat Xaridorning bank hisob raqamiga oâtkazib beriladi. Bunda bank hisob raqami Xaridor tomonidan Tovarni qaytarsh talabnomasida koârsatiladi.
6.6. Agarda Tovar maâlum alohida xususiyatlarga ega boâlsa, hamda u faqatgina Xaridor tomonidan qoâllashga yaroqli boâlsa, Tovar qaytarib olinmaydi.
6.7. Tovar masofadan turib sotib olinishini hisobga olgan holda, sifatli Tovar shunga oâxshash boshqa rangdagi, fasondagi Tovarga oâzgartirilib berilmaydi.
6.8. Tovarni qayatarib berish va almashtirish Tovarni qabul qilish, almashtirish va qaytarish Tartibiga muvofiq amalga oshiriladi(
/usloviya-raboti/vozvrat-i-obmen-tovara).
7. Daâvo talablarini bildirish
7.1. Agarda Tovar Xaridorga Shartnomada koârsatilgan Tovar soni, assortimenti, sifati, toâliqligi, tara va/yoki oârami toâgârisidagi shartlarni buzish yoâli bilan topshirilgan boâlsa, Xaridor Tovarni rad qilishi mumkin. Tovarni qabul qilgandan va Buyurtma blankasi imzolanganidan soâng Sotuvchi tomonidan daâvo talablari qabul qilinmaydi; bunda Tovarning yashirin kamchiliklari yuzasidan berilgan daâvo talablari istisnodir.
7.2. Agarda kafolat muddati ichida Tovarning kamchiliklari yuzaga chiqqan boâlsa, Xaridor Sotuvchiga nisbatan daâvo talabini berishga haqli.
7.3. Tovar Xaridorga eltib berilgan kundan boshlab 5 ish kuni oâtganidan soâng (kafolat muddati) Sotuvchi Tovarni qabul qilmaydi.
7.4. Agarda Tovar kamchiliklari yuzasidan baxslar kelib chiqqan hollarda, Sotuvchi yoki Xaridor Tovar ekspertizasini oâtkazish huquqiga ega. Agarda Sotuvchi hisobidan oâtkazilgan ekspertiza xulosasiga koâra Tovardagi kamchiliklar Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi)aybi bilan kelib chiqmaganligi tasdiqlansa, Xaridor bunday ekspertiza harajatlarini qoplab berishga majbur.
8. Javobgarlik
8.1. Saytda buyurtmani toâldirishda Haridor shunga rozilik beradikim, bunda Sotuvchi tomonidan Buyurtmani qisman yoki toâliq bajarishning imkoni boâlmaganida, Xaridor Sotuvchidan majburiyatlarni bajara olmaganligi uchun toâlov yoki boshqa jarima qiymatlarini talab qilish yoki buyurtmani bajarmaganlik holatlari bilan boâgliq boshqa bir zararni qoplab berishni talab qilish huquqiga ega emas. Bunda Shartnomada koâzda tutilgan holatlar istisnodir.
8.2. Qoâldan boy berilgan foyda, maânaviy zarar yoki Buyurtma bajarishni kechiktirish, yohud uni bajarmaslik bilan bogâliq boâlgan boshqa holatlar yuzasidan bildirilgan daâvo talablari Sotuvchi tomonidan qabul qilinmaydi.
8.3. Sotuvchining Xaridor oldidagi javobgarligi Xaridor tomonidan buyurtirilgan Tovar narxi bilan cheklangandir.
9. Boshqa shartlar
9.1. Xaridor Sotuvchiga taqdim etilgan oâzi, manzili haqidagi axborotlar, hamda Tomonlar Tovarni sotishi va uning haqqini toâlashi uchun zarur boâlgan boshqa maâlumotlarning toâgâriligiga javob beradi. Agarda Xaridor tomonidan notoâgâri maâlumot berilganligi sababli Sotuvchi Buyurtmaga yuzasidan oâz majburiyatlarni bajara olmasa, Sotuvchi Buyurtmani bajarmaganlik uchun javobgar sanalmaydi. Tovarni qayta eltib berish, hamda Sotuvchining boshqa harakatlari Tomonlar kelishuviga binoan, Xaridorga tegishli harajatlarni qoplash majburiyati yuklatilganidan soâng amalga oshiriladi.
9.2. Buyurtma toâldirilganidan soâng Xaridorning rekvizitlari oâzgargan hollarda va bu rekvizitlar Sotuvchi tomonidan Buyurtma bilan boâgliq oâz majburiyatlarini bajarishi uchun muhim boâlsa, yoki Xaridor koârsatilgan eltib berish manzili va boshqa maâlumotlarda hato borligini aniqlasa, u bu haqida Sotuvchini zudlik bilan xabardor qilishi kerak. Xaridor ushbu shartga rioya qilmagan hollarda Sotuvchi Xaridordan Tovarni yangi manzilga qayta yuborish boâyicha harajatlarni qoplab berishni talab qilishga haqli.
9.3. Xaridor mazkur Shartnoma shartlarini qabul qilishda, ushbu va Saytda koârsatilgan boshqa hujjatlar bilan tanishib chiqqanligini tasdiqlaydi.
10. Shartnomaga oâzgartirish va qoâshimchalar kiritish
10.1. Sotuvchi mazkur Shartnoma va Saytda chop etilgan boshqa istalgan hujjatlardagi shartlarni oâzgartirish huquqiga ega. Bunda Sotuvchi eslatib oâtilgan hujjatlarga kiritilgan oâzgartirishlar toâgârisida Xaridorni xabardor qilishga majbur emas. Ushbu Shartnomaga kiritilgan barcha oâzgartirishlar Xaridor tomonidan majburiy ravishda bajarilishi kerak. Oâzgartirishlar Saytda eâlon qilingan paytdan boshlab uch kunlik muddat oâtishi bilan qabul qilingan hisoblanadi. Xaridor tomonidan yangi tahrirdagi hujjatlar qabul qilinmagan hollarda, u buyurtmani bekor qilishi va Sotuvchini buyurtma bekor qilinganligi toâgârisida xabardor qilishi shart.
11. Baxslarni koârib chiqish
11.1. Sotuvchi va Xaridor yuzaga kelgan barcha baxs va kelishmovchiliklarni muzokara yoâli bilan hal qilish majburiyatini oâz zimmasiga oladilar. Xaridor daâvo talablarini quyidagicha yuborishi mumkin:
- 200-33-00 yoki (+99890) 178-61-41 raqamlariga 9dan 18:00gacha qoângâiroq qilgan holda
- info@ibazar.uz elektron pochtasi orqali
11.2. Sotuvchi Xaridor daâvo talabini daâvoni olgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida oârganib chiqadi.
11.3. Baxsni muzokara yoâli bilan hal qilishning imkoni boâlmaganda, u Sotuvchi joylashgan joydagi sud tomonidan koârib chiqiladi.
12. Intellektual mulk
12.1. Xaridor shuni qabul qiladikim, barcha savdo belgilari, nomlar, patentlar, mualliflik huquqlari, maâlumotlar bazasi, roâyhatga olingan va olinmagan obyektlarga nisbatan barcha huquqlar, Sotuvchiga, yoki Tovarning ishlab chiqaruvchilariga, yohud Internet-doâkon egalariga tegishlidir.
12.2. Xaridor Sotuvchiga, yoki Tovarning ishlab chiqaruvchilariga, yohud Internet-doâkon egalariga tegishli boâlgan intellektual huquqlarni roâyhatdan oâtkazish yoki ulardan foydalanish huquqiga ega emas.
12.3. Saytdagi barcha matnli axborotlar va grafik rasmlar Sotuvchi, Tovar ishlab chiqaruvchilari yoki Internet-doâkon egalarining mulki hisoblanadi. Mazkur axborotlardan foydalanish mualliflik huquqini himoya qilish toâgârisidagi qonunchilik bilan taâqib qilinadi.
12.4. Saytdagi materiallarni qayta bosmadan chiqarish, ularni koâchirish va tarqatish faqatgina Sotuvchining yozma ruhsati bilan amalga oshiriladi.
13. Mahfiylik
13.1. Buyurtma berish yoki Saytda roâyhatdan oâtishda Xaridor tegishli formalarni toâldiradi va quyidagi maâlumotlarni koârsatadi: ism-sharif, kontakt aloqa raqamlari, e-mail, Buyurtmani eltib berish manzili.
13.4. Sotuvchi va Axborot vositachisi Xaridor tomonidan taqdim etilgan maâlumotlarning havfsizligini taâminlash va shaxsiy maâlumotlarni himoya qilish toâgârisidagi qonunchilikka binoan ularni mahviylikda saqlashga majburdirlar.
13.5. Xaridor shunga rozilik bildiradikim, bunda Sotuvchi buyurtmada Xaridor tomonidan koârsatilgan elektron pochta manziliga turli xil axborot va reklama xabarlarini yuborishi mumkin. Xaridor bu kabi xabarlarni olishdan bosh tortishi va bunda sabablarni koârsatmaslik huquqiga ega. Tegishli Buyurtma yoki unga ishlov berish toâgârisidagi xabarlar Xaridor tomonidan rad etilishi mumkin emas.