Время работы с 9:00 до 18:00 понедельник - пятница

Bosh saxifaFaoliyat shartlariO’zbekistonda mollarni qaytarish va almashtirish

O’zbekistonda mollarni qaytarish va almashtirish

Biz uchun mijozlarnimizng manfaatlari  eng muxim omildir.


O’zbekiston Respublikasining joriy qonunchiligiga muvofiq, iBazar.uz Mijoz va "Online Trade Solutions, Inc."Kompaniyasi o’rasidagi (AQSh) axborot vositachiligini amalga oshiradi. iBazar.uz  Kompaniya tomonidan yuborilgan mollarni Mijozga yetkazib berish vositachiligini amalga oshirmaydi.

Shartlari va shartnomalar

Ro’yxatdan o’tayotganda,  Mijoz iBazar.uz saytidagi mollarni (pul mablag’larini) qaytarish, almashtirish va qaytib olish shartlarini va  buyurtma berilayotgan elektron magazinlarda o’rnatilgan qoidalarni batafsil  o’rganib chiqadi va ihtiyoriy o’z roziligini  beradi.

Mijoz Molning sifati, o’lchami va boshqa hususiyatlari haqida, Mol haqida taassuroti borligini tasdiqlashi lozim.

Mijoz yetkazib beruvchi kompaniyaning vakili ishtirokida keltirilgan Mollarning sonini va holatini tekshirib qabul qilish majburiyatini oladi. Mijoz tomonidan Mollarning tekshiruvi amalga oshirilganidan keyin, taraflar qabul qilish –topshirish Aktini (tekshirish) imzolaydilar.

Mijoz tomonidan mol sifatida kamchiliklar aniqlanadigan bo’lsa yoki tekshirishdagi kamchiliklar bo’yicha  biron bir   e’tirozi paydo bo’lgan bo’lsa,  unga 5 ish kuniga teng  muddat  taqdim etiladi. Ushbu muddat tugashi bilan, mol tekshiruvi muvaffaqiyatli tugallangan hisoblanadi.

Molning Mijozga nosoz holda yetkazib berilishida, ishlab chiqaruvchi tomonidan yo’l qo’yilgan undagi nosozliklarda va shunga o’xshash boshqa hollarda (ushbu molning Mijoz tomonidan qo’llanishiga bog’liq bo’lmagan holatlar), taraflar ,yani Yuboruvchi va Mijoz o’rtasida, Nosozliklar Akti (qaytarib berish Akti) imzolanadi. Bunday holatda Molni qaytarish  bo’yicha barcha harajatlar yuboruvchi zimmasiga tushadi..

 Keltirilgan Mol buyurtmada ko’rsatilganga to’g’ri kelmaydigan bo’lsa, bunday mol qaytariladi (almashtiriladi), bu  ham Taraflar qaytarib berish (almashtirish) Aktini imzolashi bilan amalga oshiriladi.
 Mijozga Molni qabul qilib olgan kundan boshlab 5 (ish) kunga teng muddat taqdim etiladi, ushbu muddat ichida Mijoz qaytarilgan  Molni  huddi shunday, lekin sifat talablariga javob beradiganiga almashtirilishi haqidagi so’rovnomasi bilan  sotuvchiga murojaat qiladi. Agar bunday Mol sotuvda mavjud bo’lmasa -  to’lovi amalga oshirilgan Molning qiymati mijozga qaytariladi. Mijoz tomonidan pul mablag’larining qaytarilishi talab qilinsa, unga mivofiq komissiyalarning ayrmasidan keyin qolgan  molning to’liq qiymatini qaytaradilar. Molning qaytarilishi muddatlari va qoidalari, shuningdek almashtirilmaydigan Mollar ro’yxati ushbu Molga buyurtma berilgan elektron magazin va AQSh qonunchiligi tomonidan belgilanadi.. 

 
Mijoz  uning tomonidan buyurtma berilgan  Molni o’rnatilgan tartibda qabul qilib olish majburiyatini oladi.Mijoz uning Buyurtmasiga to’liq javob beradigan Molni qabul qilib olishdan bosh tortsa, bu holatda Buyurtma bajarilgan, Mol esa yetkazib berilgan hisoblanadi.

iBazar.uz  shug€™ullanmaydi

iBazar.uz Molning keltirilishi hamda uning Mijozga transportirovka qilinishi bilan shug’ullanmaydi. Mol sifatiga tegishli barcha e’tirozlar yozma shaklda qayd etilib, info@ibazar.uz adresiga qabul qilinadi va  "Intellegent Parcel Service" Kompaniyasiga (AQSh) yo’llanadi.   Molni qabul qilish va qaytarib berish bilan bog’liq barcha kelishmovchiliklar AQSh qonunchiligiga muvofiq shartlarda tartibga solinadi.

Mijoz "Intellegent Parcel Service" Kompaniyasi  (AQSh)va elektron magazin tomonidan joriy etilgan mollarni qaytarish qoidalariga rioya qilishi kerak.

  • alt

    Diqqat:

    1.Ko’p hollarda molni AQSh hududida qaytarish / almashtirish bepul amalga oshiriladi. Agarda ushbu holat ko’zda tutilmagan bo’lsa, uning yetkazib berilishi uchun to’lovlar buyurtmachiga  yuklanadi.

    2. Har bir Internet magazin o’ziga hos, muddatni va tartibni belgilaydigan harakatlarga oid, qaytarish/almashtirish  (Return & Refund Policy) shartlariga ega. Mollarni qaytarish ularni xarid qilingan Internet magazinning shartlariga mos holda amalga oshiriladi

    3. iBazar.uz mollarni qaytarish/almashtirish  to’g’risidagi Internet magazin qaroridan kelib chiqqan holda, o’z hatti-harakatlarini amalga oshiradi. Internet-magazin mol qiymatini qaytarib bermaslik haqida qaror chiqargan bo’lsa,"iBazar.uz" mol qiymatini oluvchiga qaytarib berish majburiyatini olmaydi.

  • alt

    Qaytarish:

    1. Buyurtmachi molni omborxonamiz manziliga yo’llaydi.  Molni buyurtmachidan omborxonagacha yetkazib berilishiga bog’liq  barcha harajatlar buyurtmaci  tomonidan amalga oshiriladi.

    2. Molni qabul qilib, biz uni xarid qilingan Internet -magazinga yo’llaymiz.

    3. Buyurtmachiga pul mablag’larinining qaytarilishi, ularning Internet -magazindan  “iBazar.uz” kompaniyasiga to’liq qaytarilishidan keyin amalga oshiriladi.

    4. "iBazar.uz" hizmatlari uchun to’lovlar  buyurtmachiga qaytarilmaydi.

  • alt

    Almashtirish:

    1. Buyurtmachi molni omborxonamiz manziliga yo’llaydi.   Molni buyurtmachidan omborxonagacha yetkazib berilishiga bog’liq  barcha harajatlar buyurtmaci  tomonidan amalga oshiriladi.

    2. Molni qabul qilib, biz uni xarid qilingan Internet magazinga yo’llaymiz.

    3. Almashtirilgan molni O’zbekistonga takror keltirilishi, buyurtmachi ushbu molning transportirovkasi bilan bog’liq to’lovlarni o’rnatilgan tariflarga muvofiq o’z hisobidan to’laganidan keyin amalga oshiriladi.


Принимаем к оплате:
      Наши партнеры:

Вход в кабинет

Забыли пароль?

Регистрация

Для регистрации укажите,
пожалуйста, свой адрес электронной
почты (E-mail)

Kalkulyator

Место доставки

Xarid narxi,$

Uzunlik (sm)

Kenglik (sm)

Balandlik (sm)

Faktik vazn

Xajmiy vazn

Posilka og'irligi

Xisob

Xisoblash
Xarid narxi 14 $
Xarid uchun komissiya 15 $
Avia yetkazib berish narxi 7 $
Qo'lingizga yetkazib berish 0 $
Jami 36 $

Sug'urta komissiyaga kiritilgan